13-aprel, shanba 1-4-sinf o‘quvchilari uchun ham o‘qish kunimi?

10:30 / 09.04.2024
23.86k
Ma’lumki, 10-aprel, chorshanba — Ramazon Hayiti kuni etib belgilandi. Shu munosabat bilan, 10-aprel, chorshanba — Ramazon Hayiti kuni, 11-aprel, payshanba — ish haftasining turidan qat’i nazar barcha xodimlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni, 12-aprel, juma — 6 kunliklarga qo‘shimcha dam olish kuni, 13-aprel, shanba — ish haftasining turidan qat’i nazar barcha xodimlar uchun ish kuni etib belgilangan.
Endi ko‘pchilikda savol tug‘ilmoqda: 13-aprel, shanba pedagog xodimlarga rasman ish kuni bo‘lsa, 1—4-sinf o‘quvchilari shu kuni o‘qishadimi?
Umumta’lim maktablarida 1—4-sinflar uchun o‘quv haftaning davomiyligi 5 kun etib belgilangan. Agar 1—4-sinflar uchun 12-aprel, juma kuni o‘tkaziladigan dars jarayonlari 13-aprel, shanba kuniga ko‘chirilsa, ushbu sinflarga darsga kiradigan boshqa fan o‘qituvchilarining (yuqori sinfda ishlaydigan) pedagoglarning darslari parallel kelib qolishi tabiiy hol.
Masalan, 1—4-sinflarga boshqa fan o‘qituvchilari tomonidan o‘tiladigan ingliz tili, rus tili yoki jismoniy tarbiya fanlari yuqori sinfdagi dars soatlari bilan bir vaqtga to‘g‘ri kelib qolishi ehtimoli yuqori.
Shu sababli 13-aprel, shanba kuni ham 1-4 sinf o‘quvchilari dam olish kuni etib belgilanishi to‘g‘ri deb hisoblaymiz. Bu masalaga yanada oydinlik kiritish maqsadida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Axborot xizmati rahbari Dilfuza Sobirova bilan bog‘landik. Dilfuza Sobirova bu bo‘yicha rasmiy bayonot berilishini ma’lum qildi.
"2024-yil 13-aprel (shanba) kuni barcha umumiy oʻrta taʼlim maktablarida rejadagi dars jadvali asosida oʻqish kuni hisoblanadi. Dam olish kunlariga toʻgʻri kelgan oʻquv mashgʻulotlarini oʻquv yili yakuniga qadar mavzularni tigʻizlashtirgan holda oʻzlashtirish tavsiya etiladi", - deyiladi vazirlik bergan rasmiy bayonotda.Vazirlik bergan rasmiy bayonotdan kelib chiqib aytadigan boʻlsak, darslar rejadagi dars jadvali asosida olib borilib, 13-aprel (shanba) kuni 1—4-sinflar uchun oʻqish kuni hisoblanmaydi.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar

20:13 / 27.10.2024
Maktablarda 4-noyabrdan kuzgi ta’til boshlanadi

17:35 / 22.10.2024
Vazir Hilola Umarova maktablardagi hujjatlar raqamlashtirilsa, qancha mablag‘ tejalishini aytdi

13:39 / 21.10.2024
“Dekret”dan erta qaytgan pedagoglarning malaka toifasi muddatini uzaytirish imkoni yaratildi

22:02 / 19.10.2024
Maktabgacha ta’lim sifatini baholash natijalari e’lon qilindi
Mavzuga doir yangiliklar

Maktablarda 4-noyabrdan kuzgi ta’til boshlanadi
Ta’til 6 kalendar kun davom etadi
20:13 / 27.10.2024

Ramazon Hayitida xodimlar necha kun dam olishi aniq bo‘ldimi?
Ramazon oyining 30-kuni 9-aprel, seshanba kuniga to‘g‘ri kelmoqda.
10:30 / 08.04.2024

Navro‘z bayramida pedagoglar 4 kun, o‘quvchilar 7 kun dam oladilar
Pedagoglar uchun 4 kun ketma-ket dam olish kuni, maktab o‘quvchilari uchun 7 kunlik bahorgi ta’til belgilangan.
09:00 / 20.03.2024

O‘quvchilar uchun bahorgi ta’til 21-martdan boshlanadi
III chorakning so‘nggi kuni 20-martga to‘g‘ri keladi.
16:00 / 04.03.2024
Izohingizni tahrirlang