O‘quvchilar uchun bahorgi ta’til 21-martdan boshlanadi

16:00 / 04.03.2024
3.87k
Maktab o‘quvchilari uchun III chorakning so‘nggi kuni 20-martga to‘g‘ri kelib, 21-mart bahorgi ta’tilning ilk kuni sanaladi. Ta’til 7 kalendar kun, ya’ni 27-martga qadar davom etadi. IV chorak esa 28-martdan boshlanadi.
Ma’lumot uchun: Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-martdagi 140-son qarori bilan tasdiqlangan “Umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risida”gi Nizomning 4-bob, 26-bandiga muvofiq o‘quvchilar uchun bahorgi ta’til — 21-martdan boshlanib, 7 kalendar kun davom etishi belgilangan.
Ta’tilning oxirgi kuni bayram (ishlanmaydigan) kunga to‘g‘ri kelib qolgan taqdirda, dars mashg‘ulotlari keyingi ish kunidan boshlab davom ettiriladi. Bayram (ishlanmaydigan) kunlariga to‘g‘ri kelib qolgan dars mashg‘ulotlarining mavzulari o‘quv dasturlarini ixchamlashtirgan holda keyingi dars mashg‘ulotlarida o‘tkaziladi.
O‘quv yili davomidagi ta’tillarning muddatlari quyidagicha belgilanadi:
kuzgi ta’til — 4-noyabrdan boshlab 6 kalendar kun;
qishki ta’til — 28-dekabrdan boshlab 14 kalendar kun;
bahorgi ta’til — 21-martdan boshlab 7 kalendar kun;
yozgi ta’til — oxirgi bosqichli nazorat sinovi o‘tkazilgan kundan (bosqichli nazorat o‘tkazilmaydigan sinflar uchun o‘quv yili tugagan kundan keyingi kundan) boshlab 1-sentabrgacha.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar

20:13 / 27.10.2024
Maktablarda 4-noyabrdan kuzgi ta’til boshlanadi

17:35 / 22.10.2024
Vazir Hilola Umarova maktablardagi hujjatlar raqamlashtirilsa, qancha mablag‘ tejalishini aytdi

13:39 / 21.10.2024
“Dekret”dan erta qaytgan pedagoglarning malaka toifasi muddatini uzaytirish imkoni yaratildi

22:02 / 19.10.2024
Maktabgacha ta’lim sifatini baholash natijalari e’lon qilindi
Mavzuga doir yangiliklar

Maktablarda 4-noyabrdan kuzgi ta’til boshlanadi
Ta’til 6 kalendar kun davom etadi
20:13 / 27.10.2024

13-aprel, shanba 1-4-sinf o‘quvchilari uchun ham o‘qish kunimi?
Umumta’lim maktablarida 1—4-sinflar uchun o‘quv haftaning davomiyligi 5 kun etib belgilangan.
10:30 / 09.04.2024

Ramazon Hayitida xodimlar necha kun dam olishi aniq bo‘ldimi?
Ramazon oyining 30-kuni 9-aprel, seshanba kuniga to‘g‘ri kelmoqda.
10:30 / 08.04.2024

Navro‘z bayramida pedagoglar 4 kun, o‘quvchilar 7 kun dam oladilar
Pedagoglar uchun 4 kun ketma-ket dam olish kuni, maktab o‘quvchilari uchun 7 kunlik bahorgi ta’til belgilangan.
09:00 / 20.03.2024
Izohingizni tahrirlang