O‘quvchilarga dars vaqtida telefondan foydalanishiga qonuniy taqiq qo‘yildi — Qozog‘iston

20:00 / 28.02.2024
2.83k
Qozog‘istonda maktab o‘quvchilarining dars vaqtida smartfondan foydalanishiga qonuniy taqiq joriy qilinmoqda. Tegishli qonunni Prezident Qosim-Jomart Toqayev imzoladi, deb xabar bermoqda Tengrinews.kz.
“Taʼlim, tarbiya va bolalar xavfsizligi masalalari toʻgʻrisida”gi qaror bilan Qozog‘istonning “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonuniga yangi norma kiritilmoqda. Endilikda o‘quvchilarning huquqlari va majburiyatlari bandiga quyidagi norma qo‘shilmoqda:
“Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida o‘quvchilarning dars jarayonida uyali aloqa qurilmasidan foydalanishiga yo‘l qo‘yilmaydi, qisqa muddatli o‘quv rejalarida ta’lim maqsadlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno”.
O‘quvchilarga dars vaqtida smartfonlardan foydalanish taqiqlanishi dars davomida o‘quvchilarning ham, o‘qituvchining ham chalg‘imasligi uchun zarur deya asoslangan. O‘tgan yilning dekabr oyida Qozog‘iston Xalq ta’lim vaziri G‘ani Beysembayev smartfonlar bolalarni ta’lim jarayonidan chalg‘itishini ta’kidlagandi.
“Bu ota-onalar va oʻqituvchilarning ariza va shikoyatlari natijasida koʻrilgan chora. Yana shuni taʼkidlab oʻtamizki, smartfondan faqat dars vaqtida foydalanish taqiqlanadi. Darsdan darsdan tashqari vaqtlarda o‘quvchi ota-onasi bilan mobil telefon orqali bog‘lanishi mumkin. Bu dars davomidagi cheklov xolos”, deb tushuntirdi vazir G‘ani Beysembaev.
Eslatib o‘tamiz,
O‘zbekiston Respublikasi Prezident Administratsiyasi tomonidan joriy yilning 22-yanvar kuni taʻlim muassasalarida oʻquvchi va
oʻqituvchilar tomonidan mobil telefonlardan foydalanish tartibiga rioya
etilishini qatʻiy nazorat qilish boʻyicha topshiriq berilgandi.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar

20:13 / 27.10.2024
Maktablarda 4-noyabrdan kuzgi ta’til boshlanadi

17:35 / 22.10.2024
Vazir Hilola Umarova maktablardagi hujjatlar raqamlashtirilsa, qancha mablag‘ tejalishini aytdi

13:39 / 21.10.2024
“Dekret”dan erta qaytgan pedagoglarning malaka toifasi muddatini uzaytirish imkoni yaratildi

22:02 / 19.10.2024
Maktabgacha ta’lim sifatini baholash natijalari e’lon qilindi
Mavzuga doir yangiliklar

Avstraliyada 14-16 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun ijtimoiy tarmoqlar taqiqlamoqda
Hukumat Instagram va TikTok’dan foydalanishini taqiqlash masalasini ko‘rib chiqmoqda
11:00 / 12.09.2024

Qozog‘istonda 450 nafar o‘quvchi ommaviy zaharlandi
Barcha maktab oshxonalarida sanitariya-epidemiologiya talablariga rioya etilishi nazorat qilinadi
14:30 / 09.09.2024

Italiya maktablarida smartfonlar taqiqlanmoqda
Italiyada 2007-yildayoq bu bo‘yicha taqiq qo‘yilgandi
10:38 / 12.07.2024

Telefon ishlatishdan voz kechgan maktabga 300 million so‘m pul mukofoti berildi
Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev va'dasini bajardi.
12:10 / 25.04.2024
Izohingizni tahrirlang