Magistraturani tamomlagan o‘qituvchiga qanday imtiyoz yoki ustamalar bor?

22:00 / 21.02.2024
11.91k
Magistr darajasiga ega pedagoglarga nisbatan
qonunchilikda ayrim imtiyozlar amal qiladi, lekin buning uchun maxsus ustamalar
belgilanmagan.
Magistr darajasiga ega mutaxassislarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri
ikkinchi malaka toifasi beriladi
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 572-son
qarori bilan tasdiqlangan “Maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus,
professional va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarini
attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi nizomning 10-band, 2-xatboshiga
ko‘ra magistr darajasiga ega mutaxassislarga — ikkinchi malaka toifasi (katta
o‘qituvchi lavozimi) beriladi.
Ushbu imtiyozni qo‘lga kiritish uchun pedagog xodim magistratura
diplomini asos qilgan holda to‘g‘ridan-to‘g‘ri (attestatsiyadan o‘tkazilmasdan)
ikkinchi malaka toifasi olish uchun pedkadr.uzedu.uz platformasi orqali murojaat
yuborib, ikkinchi toifa uchun sertifikat olishi lozim.
Ma’lumot uchun, magistr darajasiga ega bo‘lgan mutaxassislarga
to‘g‘ridan-to‘g‘ri (attestatsiyadan o‘tkazilmasdan) berilgan ikkinchi malaka
toifa va sertifikatning amal qilish mudddati besh yildan so‘ng tugaydi. Besh
yillik muddatdan so‘ng magistr darajasi uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri
(attestatsiyadan o‘tkazilmasdan) ikkinchi toifa berilgan pedagoglar belgilangan
tartibda navbatdagi majburiy attestatsiyaga jalb qilinadi.
Magistr darajasiga ega mutaxassislar kasbiy
sertifikatlash test sinovlariga jalb qilinmaydi
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 12-fevral kungi
87-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Davlat umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari
pedagog kadrlarini kasbiy sertifikatlash bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatishning
ma’muriy reglamenti”ga ko‘ra 2023/2024-o‘quv yilidan boshlab pedagogik kasbga
birinchi marta ishga qabul qilinadigan oliy ma’lumotli talabgorlar
stajor-o‘qituvchi sifatida faoliyat yuritadi va ular ishga qabul qilingan
vaqtdan boshlab 1 yil muddat davomida kasbiy sertifikatga ega bo‘lishi talab
etiladi.
2024/2025-o‘quv yilidan boshlab esa bosqichma-bosqich maktablarda faoliyat yuritib kelayotgan, tegishli malaka toifasiga ega bo‘lmagan pedagog kadrlarni kasbiy sertifikatlash test sinovlariga jalb qilinadi. Bunda magistr darajasiga ega mutaxassislar kasbiy sertifikatlash test sinovlariga jalb qilinmaydi.
2024/2025-o‘quv yilidan boshlab esa bosqichma-bosqich maktablarda faoliyat yuritib kelayotgan, tegishli malaka toifasiga ega bo‘lmagan pedagog kadrlarni kasbiy sertifikatlash test sinovlariga jalb qilinadi. Bunda magistr darajasiga ega mutaxassislar kasbiy sertifikatlash test sinovlariga jalb qilinmaydi.
Izohlar 3
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar

20:13 / 27.10.2024
Maktablarda 4-noyabrdan kuzgi ta’til boshlanadi

17:35 / 22.10.2024
Vazir Hilola Umarova maktablardagi hujjatlar raqamlashtirilsa, qancha mablag‘ tejalishini aytdi

13:39 / 21.10.2024
“Dekret”dan erta qaytgan pedagoglarning malaka toifasi muddatini uzaytirish imkoni yaratildi

22:02 / 19.10.2024
Maktabgacha ta’lim sifatini baholash natijalari e’lon qilindi
Mavzuga doir yangiliklar

hbhfidlids
kndknvklnds
21:47 / 18.12.2024

Maktablarda “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlari o‘tkazildi
Otabek Raxmonberganov
17:04 / 27.11.2024

O‘zbekiston Kasaba uyushmalari kuni
Maktab o‘quvchilari uchun I chorakning so‘nggi kuni 2-noyabrga to‘g‘ri kelib, 4-noyabr kuzgi ta’tilning ilk kuni sanaladi. Ta’til 6 kalendar kun, ya’ni 9-noyabrgacha davom etadi.
12:00 / 29.10.2024

Saylovlar bo‘yicha yo‘riqnoma: Kimga, qayerda, qanday ovoz beriladi va bu nima uchun muhim?
Yakshanba kuni O‘zbekistonda parlament saylovlari bo‘lib o‘tadi. Saylov ilk bor aralash tizim asosida o‘tkaziladi. Bu qanday tizim? Deputatlikka nomzodlar va partiyalar haqida qayerdan ma’lumot olish mumkin? Deputatni tanlashda nimalarga e’tibor berish kerak? “Gazeta.uz” asosiy savollarga javob beradi.
09:19 / 30.10.2024
Izohingizni tahrirlang