Maktab psixologiga mukofot pulini kim beradi?

08:02 / 05.02.2024
1.42k
Savol
Assalomu alaykum! Maktabda 3 yildan buyon psixolog lavozimida ishlab kelaman. Maktabimizdagi barcha xodimlarga o‘qituvchilar kuni munosabati bilan mukofot pullari berildi. Ammo menga to‘lab berilmadi. Maktab direktoridan sababini so‘rasam sizni mukofotlash to‘g‘risidagi buyruqni tuman maktabgacha va maktab taʼlimi bo‘limi chiqaradi dedi. Shu to‘g‘rimi?
Javob
Umumtaʼlim muassasasi psixologini mukofotlash Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentyabrdagi 823-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Umumiy o‘rta taʼlim muassasalarining o‘rnak ko‘rsatgan xodimlarini rag‘batlantirishning direktor jamg‘armasini tashkil etish va uning mablag‘laridan foydalanish tartibi to‘g‘risida”gi nizom bilan tartibga solinadi.
Nizomning 4-bob, 9-bandiga ko‘ra umumtaʼlim muassasalari psixologini mukofotlash va ularga moddiy yordam berish umumtaʼlim muassasalarida tashkil etiladigan ishchi guruhlar tomonidan amalga oshiriladi.
Ishchi guruh umumtaʼlim muassasalari xodimlarini mukofotlash to‘g‘risida qarorlar qabul qilgandan so‘ng ishchi guruhning qarori ijrosini taʼminlash yuzasidan maktab direktorining buyrug‘i chiqariladi.
Yaʼni maktab psixologini mukofotlash to‘g‘risidagi buyruq tuman (shahar) maktabgacha va maktab taʼlimi bo‘limi tomonidan emas balki, ishchi guruh qarori asosida maktab direktori buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar

20:13 / 27.10.2024
Maktablarda 4-noyabrdan kuzgi ta’til boshlanadi

17:35 / 22.10.2024
Vazir Hilola Umarova maktablardagi hujjatlar raqamlashtirilsa, qancha mablag‘ tejalishini aytdi

13:39 / 21.10.2024
“Dekret”dan erta qaytgan pedagoglarning malaka toifasi muddatini uzaytirish imkoni yaratildi

22:02 / 19.10.2024
Maktabgacha ta’lim sifatini baholash natijalari e’lon qilindi
Mavzuga doir yangiliklar

Pedagoglar maoshi hali ham pastligicha qolmoqda
Eng quyi pog‘onalarni ta’lim sohasi vakillari egalladi
12:26 / 25.10.2024

So'rovnoma
O'qituvchilar o'rtasida o'tkazilgan ajoyib so'rovnoma
15:00 / 27.05.2024

Podkast
Nima uchun hali ham va'da qilingan 1000 dollar oylikka yetib kelmadik?
12:36 / 16.05.2023

Intervyu
O‘qituvchilar qancha oylik olyapti - xalqning fikri qanday?
17:25 / 04.05.2023
Izohingizni tahrirlang