Qozog‘istonda maktab o‘quvchilarining dars paytida smartfonlardan foydalanishi taqiqlanishi qonuniylashtirilmoqda

Qozog‘istonda maktab o‘quvchilarining dars vaqtida smartfondan foydalanishi taqiqlanishi rejalashtirilmoqda. Bu “Qozog‘iston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga ta’lim va murabbiylik masalalari bo‘yicha o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasida nazarda tutilgan. Yangi o‘zgarishlar haqida deputat Asxat Ayamagambetovga asoslanib, ict.xabar.uz ma’lum qildi.
Ayni paytda qonunchilikda maktablarda dars paytida mobil telefonlardan foydalanish bo‘yicha aniq cheklovlar mavjud emas.
“Bu masala anchadan beri muhokama qilinmoqda. Cheklov faqat darslar vaqtiga taalluqli, bola maktabga mobil telefon olib kelishi va tanaffus vaqtida undan foydalanishi mumkin. Ya’ni, bu borada hech qanday cheklovlar yo‘q. Dars davomida bola faqat ta’lim olishi, ya’ni hech qanday ijtimoiy tarmoqlardan foydalanmasligi, masalan, TikTokda o‘tirmasligi kerak”, — deb tushuntirdi Ayagambetov.
Deputatning aniqlik kiritishicha, maktab o‘quvchilariga faqat istisnoli holatlardagina telefon ishlatishga ruxsat beriladi.
“Hozir bizda ko‘plab zamonaviy mutaxassislar, turli ilovalardan foydalanadigan o‘qituvchilar ko‘p. Qaysidir innovatsion usulda ishlash uchun o‘qituvchi (va uning ruxsati bilan o‘quvchilar — tahr.) mobil telefonlardan foydalanishi mumkin. Bu borada hech qanday cheklovlar yo‘q. Agar bola dars payti o‘z shaxsiy ishlari uchun telefon ishlatmoqchi bo‘lsa, albatta, ruxsat etilmaydi”, — dedi deputat.
Demak, o‘qituvchining qarori bilan darsda foydalanish zaruriyati bo‘lgan hollar inobatga olinmaganda, mashg‘ulotlar payti o‘quvchilar va pedagoglarning smartfonlardan foydalanishi man etiladi.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar

Maktablarda 4-noyabrdan kuzgi ta’til boshlanadi

Vazir Hilola Umarova maktablardagi hujjatlar raqamlashtirilsa, qancha mablag‘ tejalishini aytdi

“Dekret”dan erta qaytgan pedagoglarning malaka toifasi muddatini uzaytirish imkoni yaratildi

Maktabgacha ta’lim sifatini baholash natijalari e’lon qilindi
Mavzuga doir yangiliklar

Suhbat
Pedagoglar tomonidan o‘quvchilar kaltaklanayotgani aks etgan videotasvirlar tez-tez ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib, keng muhokamalarga sabab bo‘lyapti.

Avstraliyada 14-16 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun ijtimoiy tarmoqlar taqiqlamoqda
Hukumat Instagram va TikTok’dan foydalanishini taqiqlash masalasini ko‘rib chiqmoqda

Qozog‘istonda 450 nafar o‘quvchi ommaviy zaharlandi
Barcha maktab oshxonalarida sanitariya-epidemiologiya talablariga rioya etilishi nazorat qilinadi

Italiya maktablarida smartfonlar taqiqlanmoqda
Italiyada 2007-yildayoq bu bo‘yicha taqiq qo‘yilgandi
Izohingizni tahrirlang