Niderlandiyada maktab o‘quvchilarining mobil telefonlardan foydalanishi taqiqlanadi

21:03 / 05.07.2023
1.14k
Niderlandiyada maktab o‘quvchilarining mobil telefonlardan foydalanishi taqiqlanadi. Hukumat saytida yozilishicha, taqiqlov 2024-yilning 1-yanvaridan kuchga kiradi. Telefonlar bilan birga, darslarda smart-soatlar va planshetlardan foydalanish ham man etiladi.
Faqat bu qurilmalar kerak bo‘ladigan raqamli savodxonlik darslari hamda sog‘lig‘i yoki nogironligi sababli bu qurilmalardan foydalanishi shart bo‘lgan o‘quvchilar uchun istisnolar ko‘zda tutilgan. Maktablar taqiqlov bo‘yicha aniq qoidalarni o‘qituvchilar, ota-onalar va o‘quvchilar bilan o‘zaro kelishgan holda belgilab olishi mumkin.
“Mobil telefonlar deyarli hayotimizning ajralmas qismiga aylangan bo‘lishiga qaramasdan, ularga sinfxonalarda o‘rin yo‘q. O‘quvchilar diqqatlarini jamlash va yaxshi tahsil olish imkoniyatiga ega bo‘lishlari lozim. Ilmiy tadqiqotlardan bilamizki, mobil telefonlar ta’lim jarayonini buzadi”, — Niderlandiya ta’lim, madaniyat va fan vaziri Robbert Deykgraafning so‘zlarini keltirmoqda hukumat ict.xabar.uz sayti.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar

20:13 / 27.10.2024
Maktablarda 4-noyabrdan kuzgi ta’til boshlanadi

17:35 / 22.10.2024
Vazir Hilola Umarova maktablardagi hujjatlar raqamlashtirilsa, qancha mablag‘ tejalishini aytdi

13:39 / 21.10.2024
“Dekret”dan erta qaytgan pedagoglarning malaka toifasi muddatini uzaytirish imkoni yaratildi

22:02 / 19.10.2024
Maktabgacha ta’lim sifatini baholash natijalari e’lon qilindi
Mavzuga doir yangiliklar

Avstraliyada 14-16 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun ijtimoiy tarmoqlar taqiqlamoqda
Hukumat Instagram va TikTok’dan foydalanishini taqiqlash masalasini ko‘rib chiqmoqda
11:00 / 12.09.2024

2025-yilda sun’iy intellekt maktab o‘quvchilariga dars berishni boshlaydi
LG va Samsung kabi texnologiya gigantlari sun’iy intellektni maktab ta’limiga integratsiya qilmoqda
17:42 / 09.08.2024

Italiya maktablarida smartfonlar taqiqlanmoqda
Italiyada 2007-yildayoq bu bo‘yicha taqiq qo‘yilgandi
10:38 / 12.07.2024

“Dunyoning eng yaxshi maktabi” mukofotiga sazovor bo‘lgan maktablar haqida bilasizmi?
Eng yaxshi maktab mukofotiga ega bo‘lgan har bir maktabga 50 000 dollardan beriladi.
20:00 / 19.05.2024
Izohingizni tahrirlang