"O'qituvchilardan ushlab qolingan pullar qaytarib beriladi" — kasaba uyushmasi

Avvalroq xabar berganimizdek, Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz shahri Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi buxgalteri o‘qituvchilarga direktor jamg‘armasi hisobidan tayinlangan ustama pullarini iyun-avgust oylarida to‘lab berishni moliyaviy xato deb topib, o‘zboshimchalik bilan o‘qituvchilarning oylik maoshidan ushlab qolgandi.
Bir qancha pedagoglar shu masalada murojaat qilgach, xalqtaliminfo.uz tahririyati holat yuzasidan O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashiga murojaat qilgandi.
O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashining xabar berishicha, pedagog xodimlarning oylik maoshidan ushlab qolingan pullar o‘qituvchilarga oktyabr oyidagi maoshlariga qo‘shib, qaytarib beriladi.
Ma’lum bo‘lishicha, O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi hududiy bo‘linmasi tomonidan holat batafsil o‘rganilib, ta’lim muassasalarida tushuntirish ishlari olib borilgan.
“Bu kabi holatlarning boshqa hududlarda ham sodir bo‘lishining oldini olish maqsadida O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi tomonidan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga so‘rov yuboriladi”, deydi O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi mas’ul xodimi.
Eslatib o‘tamiz, ayni vaqtda ushbu holat Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tomonidan ham nazoratga olingan.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar

Maktablarda 4-noyabrdan kuzgi ta’til boshlanadi

Vazir Hilola Umarova maktablardagi hujjatlar raqamlashtirilsa, qancha mablag‘ tejalishini aytdi

“Dekret”dan erta qaytgan pedagoglarning malaka toifasi muddatini uzaytirish imkoni yaratildi

Maktabgacha ta’lim sifatini baholash natijalari e’lon qilindi
Mavzuga doir yangiliklar

Pedagoglar maoshi hali ham pastligicha qolmoqda
Eng quyi pog‘onalarni ta’lim sohasi vakillari egalladi

Prezident qarori bilan o‘qituvchilarga ustama to‘lab berishdagi muammolar ijobiy hal etildi
Pedagoglarga iyun-avgust oylarida ustama to'lab berish muammoga aylangandi

So'rovnoma
O'qituvchilar o'rtasida o'tkazilgan ajoyib so'rovnoma

Podkast
Nima uchun hali ham va'da qilingan 1000 dollar oylikka yetib kelmadik?
Izohingizni tahrirlang