Musiqa o'qituvchilari tarkibi tanqidiy ko'rib chiqiladi

14:55 / 30.09.2024
1.74k
Prezident Shavkat Mirziyoyev Hilola Umarova va Ozodbek Nazarbekovlarga musiqa o‘qituvchilari tarkibini tanqidiy ko‘rib chiqib, ularning kasbiy mahorati va ko‘nikmasini oshirish choralarini ko‘rish topshirig‘ini berdi.
Shavkat Mirziyoyev ishtirokida “O‘qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan o‘tkazilayotgan muloqotda musiqa o‘qituvchilarining o‘zi maqom san’atini, teatr madaniyatini, qolaversa, soz chalishni qay darajada biladi? degan savolni o‘rtaga tashladi.
“Madaniyat va san’at bilan oshno bo‘lgan o‘quvchilar ezgulikning kuchini chuqur his etadi, ularda o‘ziga ishonch paydo bo‘ladi. Shuning o‘zi alohida maktab, alohida tarbiya, desak, to‘g‘ri bo‘ladi.
Shu o‘rinda haqli savol tug‘iladi, musiqa o‘qituvchilarining o‘zi maqom san’atini, teatr madaniyatini, qolaversa, soz chalishni qay darajada biladi?
Nazarbekov, Umarova bilan birgalikda musiqa o‘qituvchilari tarkibini tanqidiy ko‘rib chiqib, ularning kasbiy mahorati va ko‘nikmasini oshirish choralarini ko‘radi.
Shu bilan birga, Nazarbekov madaniyat va san’at tizimidagi oliygohlarda umumta’lim maktablari uchun musiqa o‘qituvchilarini tayyorlash, ularning malakasini oshirish ishlariga mas’ul bo‘ladi. Umarova “Turon” teatrining ijobiy tajribasi asosida maktablarda “Iqtidor” havaskorlar badiiy jamoalarini tashkil qilishi zarur.
Bu jamoalarga musiqa o‘qituvchilari rahbarlik qiladi. Musiqa maktablari esa joylarda tayanch maktabi sifatida ish olib boradi. Bu ishlarni tizimli yo‘lga qo‘ysak, har bir maktab va mahallaga albatta madaniyat kirib boradi”, dedi Prezident.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar

20:13 / 27.10.2024
Maktablarda 4-noyabrdan kuzgi ta’til boshlanadi

17:35 / 22.10.2024
Vazir Hilola Umarova maktablardagi hujjatlar raqamlashtirilsa, qancha mablag‘ tejalishini aytdi

13:39 / 21.10.2024
“Dekret”dan erta qaytgan pedagoglarning malaka toifasi muddatini uzaytirish imkoni yaratildi

22:02 / 19.10.2024
Maktabgacha ta’lim sifatini baholash natijalari e’lon qilindi
Mavzuga doir yangiliklar

“Ta’lim haqida hamma yaxshi gaplarni gapiradi, ammo davlat eski texnologiyalardan foydalanmoqda” – Ahmed al-Bastaki
Bu haqda xalqaro hamkorlik tashabbuslari haftaligi tadbirida aytildi
10:53 / 19.10.2024

2025-yilda ta’lim uchun davlat byudjetidan ajratiladigan mablag‘lar 20 foizga oshiriladi
Bu haqda Prezident raisligida o‘tkazilgan yig‘ilishda aytildi
18:21 / 17.10.2024

Prezident yangilangan A.Avloniy nomidagi malaka oshirish instituti bilan tanishdi
Institut eng zamonaviy texnologiyalar asosida qayta ta’mirlandi
16:19 / 30.09.2024

Ayrim hududlardagi o'qituvchilar malakasini oshirish markazlari nochor ahvolda qolayotgani aytildi
Guliston, Namangan va Farg‘ona shaharlari malaka oshirish markazlari tanqid qilindi
13:41 / 30.09.2024
Izohingizni tahrirlang