Ayrim kollej binolari maktablarga aylantiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 24-sentyabr kuni kasbiy ta’limni rivojlantirish va milliy malaka tizimini isloh qilishga oid takliflar taqdimoti bilan tanishdi.
Bu haqda shu yil 5-fevral kuni ijtimoiy sohalar bo‘yicha bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida vazifa qo‘yilgan edi. O‘tgan vaqt mobaynida tizimning samaradorligi tanqidiy o‘rganilib, qo‘shimcha chora-tadbirlar ishlab chiqildi.
Hozirgi kunda professional ta’lim tizimi uch turdagi muassasalar: 333 ta kasb-hunar maktabi, 227 ta texnikum va 112 ta kollejdan iborat. Ular tabaqalashganligi va dasturlari o‘rtasida uzviylik bo‘lmagani sababli mavjud quvvatlardan unumli foydalanilmayapti.
Shu bois mazkur 3 turdagi muassasalar negizida texnikumlar tarmog‘ini rivojlantirish taklif etilmoqda. Unga ko‘ra, 600 ta texnikum tashkil etiladi. Maqbullashtirish natijasida bo‘shaydigan 71 ta muassasa binosi maktablarga aylantirilib, 42 mingta yangi o‘quvchi o‘rni yaratiladi.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar

Maktablarda 4-noyabrdan kuzgi ta’til boshlanadi

Vazir Hilola Umarova maktablardagi hujjatlar raqamlashtirilsa, qancha mablag‘ tejalishini aytdi

“Dekret”dan erta qaytgan pedagoglarning malaka toifasi muddatini uzaytirish imkoni yaratildi

Maktabgacha ta’lim sifatini baholash natijalari e’lon qilindi
Mavzuga doir yangiliklar

“Ta’lim haqida hamma yaxshi gaplarni gapiradi, ammo davlat eski texnologiyalardan foydalanmoqda” – Ahmed al-Bastaki
Bu haqda xalqaro hamkorlik tashabbuslari haftaligi tadbirida aytildi

2025-yilda ta’lim uchun davlat byudjetidan ajratiladigan mablag‘lar 20 foizga oshiriladi
Bu haqda Prezident raisligida o‘tkazilgan yig‘ilishda aytildi

Jismoniy tarbiya o'qituvchilari tarkibini yangilash topshirig'i berildi
33 ming nafar jismoniy tarbiya o'qituvchisining kasbiy va jismoniy mahorati yetarli emas

Musiqa o'qituvchilari tarkibi tanqidiy ko'rib chiqiladi
Prezident vazirlarga topshiriq berdi
Izohingizni tahrirlang