CHQBT fani o‘qituvchilariga toifasi uchun haq to‘lab berilmayapti…mi?

Ma’lumki, Vazirlar Mahkamasining “Ta’lim muassasalarida chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlikni tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori bilan CHQBT o‘qituvchilariga zaxiradagi harbiy unvon va malaka toifasi berish tizimi joriy etilgan.
Unga ko‘ra 2024-yil 15-yanvardan chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fani o‘qituvchilariga ta’lim tashkilotlarining boshqa fan o‘qituvchilari uchun belgilangan tartibda malaka toifasi berish amaliyoti yo‘lga qo‘yilgan.
Bunda attestatsiya xulosasiga ko‘ra malaka toifasi berilgan CHQBT fani o‘qituvchisining lavozim maoshi umumta’lim muassasasida mos keluvchi malaka toifasiga ega bo‘lgan fan o‘qituvchilarining maoshiga tenglashtirilishi lozim.
- Mutaxassis – 3 mln 390 ming 824 so‘m;
- Ikkinchi toifali – 3 mln 796 ming 213 so‘m;
- Birinchi toifali – 4 mln 230 ming 138 so‘m;
- Oliy toifali – 4 mln 674 ming 594 so‘m.
Ammo ko‘plab CHQBT fani o‘qituvchilarining xalqtaliminfo.uz tahririyatiga ma’lum qilishicha, hududlarda CHQBT fani o‘qituvchilarining malaka toifasi uchun haq to‘lab berilmayapti.
Hozircha, nima sababdan CHQBT fani o‘qituvchilarining malaka toifasi uchun haq to‘lab berilmayotgani noma’lum. O‘ylaymizki, amaldagi qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan bo‘lsa-da, ammo yuqoridan ko‘rsatma xat kelsagina keyin to‘lovlarni amalga oshiradigan “iqtisodchilar” uchun Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi yana alohida ko‘rsatma xat yuboradi.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar

Maktablarda 4-noyabrdan kuzgi ta’til boshlanadi

Vazir Hilola Umarova maktablardagi hujjatlar raqamlashtirilsa, qancha mablag‘ tejalishini aytdi

“Dekret”dan erta qaytgan pedagoglarning malaka toifasi muddatini uzaytirish imkoni yaratildi

Maktabgacha ta’lim sifatini baholash natijalari e’lon qilindi
Mavzuga doir yangiliklar

“Dekret”dan erta qaytgan pedagoglarning malaka toifasi muddatini uzaytirish imkoni yaratildi
Avval bunday imkoniyat mavjud emasdi

Malaka toifasi uchun pul to'lab, arizasi rad qilinganlarga oxirgi imkoniyat berilmoqda
Bu haqda vazirlik tahririyatga ma'lum qildi

Malaka toifasi “bazada” ko‘rinmayotgan o‘qituvchilar nima qilishi kerak?
Muammoni hal etish uchun ishchi gurih tuzilgan

Attestatsiya test sinovini boshqa kunga ko‘chirsa bo‘ladimi?
Test bo‘ladigan kunga to‘y marosimi to‘g‘ri kelib qoldi
Izohingizni tahrirlang