Attestatsiya test sinovini boshqa kunga ko‘chirsa bo‘ladimi?

Savol
Akam maktabda o‘qituvchi bo‘lib ishlaydi. Toifa uchun to‘lov qilib qo‘ygandi. Lekin 6-7-noyabr kunlari to‘yi bo‘lishi kerak edi. Test bo‘ladigan kunga to‘y marosimi to‘g‘ri kelib qolsa, to‘lovni qaytarib olsa bo‘ladimi yoki imtihon kunini ko‘chirsa bo‘ladimi?
Javob
Pedagog xodimlarni attestatsiyadan o‘tkazish Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentyabrdagi 572-son qarori bilan tasdiqlangan “Maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi nizom bilan tartibga solinadi.
Mazkur nizomning 45-bandiga ko‘ra, pedagog kadrlar attestatsiyaga uzrli sababga ko‘ra kelmagan bo‘lsa, ularning attestatsiyasi boshqa muddatga ko‘chiriladi.
Quyidagi holatlar uzrli sabablar deb baholanadi:
- xodimning vaqtincha mehnatga qobiliyatsizligi;
- davlat yoki jamoat vazifalarini bajarganligi;
- respublika va xalqaro musobaqalarda ishtirok etganligi;
- vaqtincha xorijiy mamlakatda safarda bo‘lganligi;
- yaqin qarindoshining vafoti;
- vakolatli davlat organi yoki ta’lim tashkilotlari rahbarlarining ma’lumotnomasida ko‘rsatilgan boshqa asoslar.
Demak, pedagog xodimning to‘y marosimi bo‘layotganligi sababli test sinovlarida ishtirok etolmaydigan bo‘lsa, bu haqda maktab direktorining tegishli ma’lumotnomasi asosida attestatsiya test sinovi boshqa muddatga ko‘chiriladi.
Bunda uzrli sabablarga ko‘ra malaka (test) sinovlarida ishtirok eta olmagan pedagoglar uchun test sinovlari bo‘lib o‘tadigan kunlar Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan belgilanadi.
Eslatib o‘tamiz, “Maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi nizomning 22-bandiga ko‘ra, pedagog kadrlar uzrli sabablarga ko‘ra attestatsiyaga kelmaganligi tufayli ularning attestatsiyasi boshqa muddatga ko‘chirilgan taqdirda, yig‘im takroran undirilmaydi.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar

Maktablarda 4-noyabrdan kuzgi ta’til boshlanadi

Vazir Hilola Umarova maktablardagi hujjatlar raqamlashtirilsa, qancha mablag‘ tejalishini aytdi

“Dekret”dan erta qaytgan pedagoglarning malaka toifasi muddatini uzaytirish imkoni yaratildi

Maktabgacha ta’lim sifatini baholash natijalari e’lon qilindi
Mavzuga doir yangiliklar

Maktablarda “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlari o‘tkazildi
Otabek Raxmonberganov

O‘zbekiston Kasaba uyushmalari kuni
Maktab o‘quvchilari uchun I chorakning so‘nggi kuni 2-noyabrga to‘g‘ri kelib, 4-noyabr kuzgi ta’tilning ilk kuni sanaladi. Ta’til 6 kalendar kun, ya’ni 9-noyabrgacha davom etadi.

Saylovlar bo‘yicha yo‘riqnoma: Kimga, qayerda, qanday ovoz beriladi va bu nima uchun muhim?
Yakshanba kuni O‘zbekistonda parlament saylovlari bo‘lib o‘tadi. Saylov ilk bor aralash tizim asosida o‘tkaziladi. Bu qanday tizim? Deputatlikka nomzodlar va partiyalar haqida qayerdan ma’lumot olish mumkin? Deputatni tanlashda nimalarga e’tibor berish kerak? “Gazeta.uz” asosiy savollarga javob beradi.

“Dekret”dan erta qaytgan pedagoglarning malaka toifasi muddatini uzaytirish imkoni yaratildi
Avval bunday imkoniyat mavjud emasdi
Izohingizni tahrirlang