2025-yildan bog‘cha direktorlariga ham menejerlik sertifikati beriladi, sentyabrdan esa 30 foizlik ustama joriy qilinadi

Maktabgacha ta’lim tashkiloti direktorlariga menejerlik sertifikati berish to‘g‘risidagi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-avgustdagi 531-sonli qarori imzolandi.
Xabaringiz bor, Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 25-dekabrdagi 681-son qarori bilan davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalari direktori lavozimiga nomzodlarni menejerlik o‘quv kurslarida o‘qitish va ularga menejerlik sertifikatini berish tartibi yo‘lga qo‘yilgandi.
Bunda 2024-yil sentyabrdan boshlab menejerlik sertifikatiga ega bo‘lgan maktab direktorlariga 50 foiz, direktor o‘rinbosarlariga 30 foiz ustama to‘lanishi belgilangan.
2025-yil 1-yanvardan xuddi shunday tartib maktabgacha ta’lim tashkiloti direktorlariga ham tatbiq qilinadigan bo‘ldi. Bunda 2025-yil 1-sentyabrdan boshlab menejerlik sertifikatiga ega bo‘lgan bog‘cha direktorlariga 30 foiz ustama to‘lab beriladi.
Shuningdek, bog‘cha direktori lavozimiga nomzodlar zaxirasi ham menejerlik sertifikatiga ega bo‘lganlar orasidan shakllantiriladi.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar

Maktablarda 4-noyabrdan kuzgi ta’til boshlanadi

Vazir Hilola Umarova maktablardagi hujjatlar raqamlashtirilsa, qancha mablag‘ tejalishini aytdi

“Dekret”dan erta qaytgan pedagoglarning malaka toifasi muddatini uzaytirish imkoni yaratildi

Maktabgacha ta’lim sifatini baholash natijalari e’lon qilindi
Mavzuga doir yangiliklar

Ertadan boshlab menejerlik o‘quv kurslarida o'qish istagida bo'lgan direktorlikka nomzodlar uchun ro'yxatdan o'tish boshlanadi
Menejerlik o‘quv kurslarida o'qish istagida bo'lgan nomzodlar uchun ro'yxatdan o'tish ertadan, 16-yanvardan boshlanadi.

Maktabgacha ta’lim sifatini baholash natijalari e’lon qilindi
Bog'chalardagi ta’lim sifati ijobiy baholandi

"Mening bog'cham" loyihasida ovoz berish jarayoni boshlandi
15-oktyabr soat 10:00 dan ovoz berish berish jarayoni boshlandi

Bog'chalarda fransuz tili o'qitiladi
Vazirlik bog‘chalarda fransuz tilini o‘qitish bo‘yicha qator kelishuvlarga erishdi
Izohingizni tahrirlang