O‘quvchilarning tanlovlardagi ishtiroki fan o‘qituvchisiga ustama berishga asos bo‘ladimi?

10:00 / 02.05.2024
6.75k
Savol
Men o‘zbek tili (davlat tili) fanidan ta’lim rus tilida olib boriladigan sinflarga dars o‘taman. Diplom bo‘yicha mutaxassisligim o‘zbek tili. Oliy toifali o‘qituvchiman. O‘quvchilarim maktabda o‘tkazilgan olimpiada (4-sinflar o‘rtasida)da faxrli o‘rinlarni egallaganlar. Shular ustama belgilashda inobatga olinadimi?
Nizomda boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari uchun deyilgan. Lekin diplom mutaxassisligi boshlang‘ich bo‘lishi kerak deyilmagan-ku. Zavuchimiz sizga bu bandiga ball berolmaymiz deyaptilar. Aniq javob kutib qolamiz. Bizga beradigan javobingiz boshlang‘ich sinflarga dars o‘tadigan ingliz, o‘zbek, mehnat, jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilari uchun juda muhim.
Javob
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentabrdagi 823-sonli qarorining 1-ilovasida maktab miqyosidagi tanlov va boshqa tadbirlardagi ishtiroki natijalari asosida pedagog xodimga 10 balldan – 30 ballgacha baholanishi nazarda tutilgan.
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentabrdagi 823-sonli qarorining 1-ilovasida maktab miqyosidagi tanlov va boshqa tadbirlardagi ishtiroki natijalari asosida pedagog xodimga 10 balldan – 30 ballgacha baholanishi nazarda tutilgan.
Ammo maktab miqyosidagi tanlov va boshqa tadbirlarda qatnashgan o‘quvchilar natijalari faqat boshlang‘ich sinf (1 — 4-sinf) o‘qituvchilari faoliyatini baholashdagina qo‘llaniladi. Ya’ni, bu boshlang‘ich sinflarga dars beradigan boshqa fan o‘qituvchilariga ball berishga asos bo‘lolmaydi.
Fan o‘qituvchilariga faqatgina o‘quvchilari tuman (shahar) miqyosidagi olimpiada, tanlov va boshqa tadbirlarda qatnashib, natija ko‘rsatgandagina ustama uchun ball berishga asos bo‘ladi.
Xulosa o‘rnida aytadigan bo‘lsak, boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini baholashda maktab miqyosidagi tanlov va boshqa tadbirlar hisobga olinadi, fan o‘qituvchilarini baholashda esa tuman (shahar) miqyosidagi olimpiada, tanlov va boshqa tadbirlar hisobga olinadi.
Izohlar 1
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar

20:13 / 27.10.2024
Maktablarda 4-noyabrdan kuzgi ta’til boshlanadi

17:35 / 22.10.2024
Vazir Hilola Umarova maktablardagi hujjatlar raqamlashtirilsa, qancha mablag‘ tejalishini aytdi

13:39 / 21.10.2024
“Dekret”dan erta qaytgan pedagoglarning malaka toifasi muddatini uzaytirish imkoni yaratildi

22:02 / 19.10.2024
Maktabgacha ta’lim sifatini baholash natijalari e’lon qilindi
Mavzuga doir yangiliklar

O‘qituvchi ikkita sertifikatga ega bo‘lsa, ikkisi uchun ham ustama to‘lanadimi?
Ustamalar yuqoriroq ustama olish huquqini beruvchi sertifikat bo‘yicha to‘lanadi
16:59 / 27.10.2024

Prezident qarori bilan o‘qituvchilarga ustama to‘lab berishdagi muammolar ijobiy hal etildi
Pedagoglarga iyun-avgust oylarida ustama to'lab berish muammoga aylangandi
15:39 / 15.10.2024

Podkast
Pedagoglar ustamalarning qancha qismidan foydalanyapti?
12:00 / 17.05.2024

Pedagog xodimlarga beriladigan qanday ustama turlari bor?
Pedagog xodimlarning erishgan natijasiga qarab, ularga turli xil ustamalar belgilanadi.
00:00 / 26.02.2024
Izohingizni tahrirlang