O‘quvchilarga stul ko‘targizib qo‘ygan o‘qituvchi ishi yuzasidan tergovga qadar tekshiruv boshlandi

14:50 / 23.04.2024
2.37k
Ijtimoiy tarmoqlarda Jizzax viloyatidagi maktabda tahsil olayotgan 1-sinf o‘quvchilari stul ko‘tarib turganliklari aks etgan video tarqaldi. Shundan so‘ng Bolalar ombudsmani mazkur holatni o‘z kuzatuviga olganini ma’lum qildi.
Aniqlanishicha, shu yilning 22-aprel kuni Zarbdor tumanidagi 5-sonli umumta’lim maktabda 1-“A” sinfga o‘tilayotgan ingliz tili darsida o‘qituvchi R.T. (1999-yilda tug‘ilgan) o‘quvchilardan uyga berilgan vazifalarni so‘ragan.
6 nafar o‘g‘il va 7 nafar qiz bolalarini darsga tayyorgarlik ko‘rmasdan kelganliklari tufayli go‘yoki tarbiyaviy chora deb sinf xonasidagi o‘zlari o‘tirgan stullarni ko‘tarishga majbur qilgan. Ushbu holatni o‘zining telefon apparatida video tasvirga olib, telegram ijtimoiy tarmog‘i orqali shu maktabning ota-onalar guruhiga yuborgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Zarbdor tumani IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
“Bolalarga nisbatan turli shakldagi zo‘ravonlik yoki zo‘ravonlikka tayangan tarbiya choralarini, jumladan, g‘ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qo‘llash qonunan taqiqlangan va tegishli javobgarlikka asos bo‘ladi. Bolalar ombudsmani bu holat bo‘yicha bolalar manfaatlari yuzasidan o‘z kuzatuvini davom ettiradi”, - deyiladi Bolalar ombudsmani xabarida.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar

20:13 / 27.10.2024
Maktablarda 4-noyabrdan kuzgi ta’til boshlanadi

17:35 / 22.10.2024
Vazir Hilola Umarova maktablardagi hujjatlar raqamlashtirilsa, qancha mablag‘ tejalishini aytdi

13:39 / 21.10.2024
“Dekret”dan erta qaytgan pedagoglarning malaka toifasi muddatini uzaytirish imkoni yaratildi

22:02 / 19.10.2024
Maktabgacha ta’lim sifatini baholash natijalari e’lon qilindi
Mavzuga doir yangiliklar

Suhbat
Pedagoglar tomonidan o‘quvchilar kaltaklanayotgani aks etgan videotasvirlar tez-tez ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib, keng muhokamalarga sabab bo‘lyapti.
11:37 / 17.11.2023

Bolalarga zo‘ravonlik qilgan o‘qituvchi 4 yilga qamaldi
U jazoni manzil koloniyada o‘tashi belgilandi.
11:20 / 17.07.2024

Bolalarni urgan tarbiyachiga jinoyat ishi ochildi
Unga nisbatan Jinoyat kodeksining 110- moddasi (qiynash) 2-qismi “a” va “v” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
12:25 / 26.06.2024

Oʻquvchilarni igna sanchib jazolab kelgan o‘qituvchi ishdan bo‘shatildi
Voqea Sergeli tumanidagi 277-maktabda sodir bo‘lgan.
15:00 / 16.04.2024
Izohingizni tahrirlang