Ta’lim muassasalarida bolalarga nisbatan jismoniy kuch ishlatish qat’iy taqiqlanmoqda

Bu haqda bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan qonun loyihasida keltirilgan.
“Bolaga qanday munosabatda bo‘lsak, unga qanday tarbiya bersak shunday kelajakda yashaymiz. Bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilishga qaratilgan juda muhim qonun loyihasini birinchi o‘qishda tasdiqladik. Ikkinchi o‘qishda qonun ta’sirchanligi va samaradorligini ta’minlashga qaratilgan ko‘p takliflarimiz bor”, deb yozdi Alisher Qodirov ushbu qonun loyihasi haqida.
Taklif
qilinayotgan Qonun loyihasiga ko‘ra endilikda bolalarga ham himoya orderi
berish taklif etilmoqda. Order vakolatli organ tomonidan zo‘ravonlikdan
jabrlanuvchining qonuniy vakiliga yoki bolani o‘z qaramog‘iga olgan boshqa
shaxsga hamda zo‘ravonlikdan jabrlanuvchining o‘ziga beriladi.
Qonun
loyihasi deputatlar tomonidan birinchi o‘qishda konseptual jihatdan bir ovozdan
qabul qilindi. Qonunchilik palatasining Demokratik institutlar, nodavlat
tashkilotlar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qo‘mitasiga
qonun loyihasini ikkinchi o‘qishga tayyorlash vazifasi yuklatildi.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar

Maktablarda 4-noyabrdan kuzgi ta’til boshlanadi

Vazir Hilola Umarova maktablardagi hujjatlar raqamlashtirilsa, qancha mablag‘ tejalishini aytdi

“Dekret”dan erta qaytgan pedagoglarning malaka toifasi muddatini uzaytirish imkoni yaratildi

Maktabgacha ta’lim sifatini baholash natijalari e’lon qilindi
Mavzuga doir yangiliklar

Suhbat
Pedagoglar tomonidan o‘quvchilar kaltaklanayotgani aks etgan videotasvirlar tez-tez ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib, keng muhokamalarga sabab bo‘lyapti.

Bolalarga zo‘ravonlik qilgan o‘qituvchi 4 yilga qamaldi
U jazoni manzil koloniyada o‘tashi belgilandi.

Bolalarni urgan tarbiyachiga jinoyat ishi ochildi
Unga nisbatan Jinoyat kodeksining 110- moddasi (qiynash) 2-qismi “a” va “v” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Davomatga yordam beramiz deyilsa ham norozimiz, yordam berishmasa ham norozimiz — nima qilish kerak?
O'quvchilarning ota-onalariga “Ogohlantirish xati” yuborilishi tanqid qilinmoqda.
Izohingizni tahrirlang