Top.Mail.Ru
Niderlandiyada maktab o‘quvchilarining mobil telefonlardan foydalanishi taqiqlanadi

Niderlandiyada maktab o‘quvchilarining mobil telefonlardan foydalanishi taqiqlanadi

21:03 / 05.07.2023 1.14k
Niderlandiyada maktab o‘quvchilarining mobil telefonlardan foydalanishi taqiqlanadi. Hukumat saytida yozilishicha, taqiqlov 2024-yilning 1-yanvaridan kuchga kiradi. Telefonlar bilan birga, darslarda smart-soatlar va planshetlardan foydalanish ham man etiladi.

Faqat bu qurilmalar kerak bo‘ladigan raqamli savodxonlik darslari hamda sog‘lig‘i yoki nogironligi sababli bu qurilmalardan foydalanishi shart bo‘lgan o‘quvchilar uchun istisnolar ko‘zda tutilgan. Maktablar taqiqlov bo‘yicha aniq qoidalarni o‘qituvchilar, ota-onalar va o‘quvchilar bilan o‘zaro kelishgan holda belgilab olishi mumkin.

“Mobil telefonlar deyarli hayotimizning ajralmas qismiga aylangan bo‘lishiga qaramasdan, ularga sinfxonalarda o‘rin yo‘q. O‘quvchilar diqqatlarini jamlash va yaxshi tahsil olish imkoniyatiga ega bo‘lishlari lozim. Ilmiy tadqiqotlardan bilamizki, mobil telefonlar ta’lim jarayonini buzadi”, — Niderlandiya ta’lim, madaniyat va fan vaziri Robbert Deykgraafning so‘zlarini keltirmoqda hukumat ict.xabar.uz sayti.

Izohlar 0

Ko'proq ko'rish
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!

Teglar

  • xorij ta'limi
  • maktab
  • o'quvchi
  • Niderlandiya

Ulashish