Maktab kutubxonasidan 113 yil avval olingan kitob qaytarildi

13:50 / 20.10.2024
810
Angliyaning Kambriya grafligida maktab kutubxonasidan olingan Jorj Bayronning asarlari to‘plami oradan 113 yil o‘tib maktabga qaytarildi. Guardian gazetasining yozishicha, kitobni Leonard Yubank ismli o‘quvchi olgan bo‘lgan.
Bu o‘quvchi 1893-yilda tug‘ilgan, 1911-yilda maktabni tamomlab, keyinchalik Oksfordning Queen’s kollejiga o‘qishga kirgan. Oradan to‘rt yil o‘tib, ko‘zi yaxshi ko‘rmasligiga qaramasdan, Yubank urushga olib ketilgan va 1916-yil 23-fevralda boshiga o‘q tegib halok bo‘lgan.
Leonard Yubank maktabning qahramonlar ro‘yxatida “eng yaxshi, halol va sodiq ingliz” sifatida e’tirof etilgan.
“Birinchi jahon urushidan oldin maktab kutubxonasidan olingan kitob nihoyat bir asr va o‘n yildan ko‘proq vaqt o‘tib joyiga qaytdi”, — deyiladi xabarda.
Ta’kidlanishicha, bu dunyodagi “eng kechikkan” kutubxona kitoblaridan biri bo‘lishi mumkin.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar

20:13 / 27.10.2024
Maktablarda 4-noyabrdan kuzgi ta’til boshlanadi

17:35 / 22.10.2024
Vazir Hilola Umarova maktablardagi hujjatlar raqamlashtirilsa, qancha mablag‘ tejalishini aytdi

13:39 / 21.10.2024
“Dekret”dan erta qaytgan pedagoglarning malaka toifasi muddatini uzaytirish imkoni yaratildi

22:02 / 19.10.2024
Izohingizni tahrirlang