“Huquq” fani o‘qituvchilari 2026-yil yakunigacha bepul qayta tayyorlovdan o‘tkaziladi

Umumta’lim muassasalarida huquq fanidan dars beradigan oliy yuridik ma’lumotga ega bo‘lmagan pedagog xodimlar bepul asosda 2026-yil yakuniga qadar bosqichma-bosqich yuridik mutaxassislik bo‘yicha qayta tayyorlashdan o‘tkaziladi.
Bu haqda Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-avgustdagi 532-son qarorida qayd etildi.
Unga ko‘ra, huquq fanidan dars beradigan pedagog xodimlarning malakasini kelgusida doimiy ravishda oshirib borish maqsadida 2024-yil 1-noyabrga qadar uzluksiz kasbiy rivojlantirish platformasi yaratiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi “Davlat va huquq asoslari” fanidan dars beradigan pedagog xodimlarga uslubiy ko‘maklashib boradi hamda o‘quv-metodik materiallar (videodarslar, taqdimot va ko‘rgazmali qurollar hamda boshqa o‘quv materiallari)ni yaratadi.
Eslatib o‘tamiz, Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-apreldagi 189-son qarori bilan 2030-yildan ta’lim muassasalarida huquq fanidan dars beruvchi o‘qituvchilarga yuridik mutaxassislikka qayta tayyorlash kurslaridan o‘tish talabi qo‘yilishi belgilangandi.
Izohlar 1
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar

Maktablarda 4-noyabrdan kuzgi ta’til boshlanadi

Vazir Hilola Umarova maktablardagi hujjatlar raqamlashtirilsa, qancha mablag‘ tejalishini aytdi

“Dekret”dan erta qaytgan pedagoglarning malaka toifasi muddatini uzaytirish imkoni yaratildi

Maktabgacha ta’lim sifatini baholash natijalari e’lon qilindi
Mavzuga doir yangiliklar

Pedagoglar uchun yangi imkoniyatlar: A.Avloniy institutining yangilangan binosiga tashrif
Institutining yangi binosida OAV xodimlari uchun press-tur tashkil etildi

Maktab direktori bo'lish oson bo'lmaydi
Maktab direktorlarini lavozimiga tayinlash endilikda “Direktorlar kengashi” tavsiyasiga asosan amalga oshirilib, direktorlikka nomzodlarga menejerlik sertifikatiga ega bo'lish talabi qo'yildi.

Prezident yangilangan A.Avloniy nomidagi malaka oshirish instituti bilan tanishdi
Institut eng zamonaviy texnologiyalar asosida qayta ta’mirlandi

Ayrim hududlardagi o'qituvchilar malakasini oshirish markazlari nochor ahvolda qolayotgani aytildi
Guliston, Namangan va Farg‘ona shaharlari malaka oshirish markazlari tanqid qilindi
Izohingizni tahrirlang