“Turon” maktab teatri tanlovi g’oliblari xorijga ta’lim sayohatiga boradigan bo‘ldi

16:50 / 06.06.2024
3.70k
Ma’lumki, umumiy o‘rta ta’lim maktablaridagi teatr studiyalari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash orqali hududlarda teatr madaniyati va san’atini rivojlantirish maqsadida “Turon” maktab teatri” Respublika tanlovi tashkil etilgandi.
Buxoro shahrining “Poyi Kalon” ansamblida “Turon” maktab teatri tanlovining taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Unda Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova ishtirok etdi va bu kabi tadbirlarning yoshlarning iqtidorini kashf etishdagi ahamiyati haqida aytib o‘tdi. Shundan so‘ng, tanlovning yakuniy natijalari e’lon qilindi.
Hakamlar hay’ati tomonidan qo‘yilgan ballarga ko‘ra:
- Navoiy viloyatining “Ibrat“ jamoasi 1-o‘rin;
- Namangan viloyatining “Ibrat izdoshlari“ jamoasi 2-o‘rin;
- Qoraqalpog‘iston Respublikasining “Tan nuri“ jamoasi 3-o‘rinni egalladi.
G‘olib jamoa xorijga ta’lim sayohatiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. Shuningdek, maktab jamoalari tanlov davomida namoyish etilgan sahna ko‘rinishlari uchun “Eng yaxshi sahna spektakli”, “Eng yaxshi rejissorlik ishi”, “Eng kreativ jamoa” kabi nominatsiyalar bilan taqdirlanishdi.
Xususan, Qoraqalpog‘iston Respublikasining “Tan nuri” jamoasi a’zosi Niyozbek Boynazarov “Eng yaxshi aktyor”, Xorazm viloyati “Yosh teatrchilar” jamoasi vakili Dinara Safayeva esa “Eng yaxshi aktrisa” nominatsiyasida g‘olib deb topildi.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar

20:13 / 27.10.2024
Maktablarda 4-noyabrdan kuzgi ta’til boshlanadi

17:35 / 22.10.2024
Vazir Hilola Umarova maktablardagi hujjatlar raqamlashtirilsa, qancha mablag‘ tejalishini aytdi

13:39 / 21.10.2024
“Dekret”dan erta qaytgan pedagoglarning malaka toifasi muddatini uzaytirish imkoni yaratildi

22:02 / 19.10.2024
Maktabgacha ta’lim sifatini baholash natijalari e’lon qilindi
Mavzuga doir yangiliklar

Prezident "O'qituvchi va murabbiylar kuni" munosabati bilan 96 nafar taʼlim xodimlarini mukofotladi
Bu haqda tegishli Prezidentning farmoni imzolandi
19:44 / 27.09.2024

Sirdaryolik o‘quvchi shaxmatning rapid yo‘nalishi bo‘yicha jahon chempioni bo‘ldi
U blits yo‘nalishidagi bahslarda ham ishtirok etadi.
15:00 / 05.08.2024

Xalq ta’limi Info ommaviy axborot vositasi sifatida ish boshladi
Endilikda rasmiy ommaviy axborot vositasi sifatida faoliyat olib boramiz
15:00 / 17.02.2024

"Nolavoy" sinfda o‘qiydigan jajji Mubina "Matiz" yutib oldi
U “Mental arifmetika” Respublika ochiq olimpiadasida g'olib bo'lgan.
18:30 / 04.06.2024
Izohingizni tahrirlang