Yil yakuni bo‘yicha pedagog xodimlardan ortiqcha hisobot talab qilish taqiqlangan

10:00 / 05.06.2024
3.06k
Odatda yil yakuniga kelib o‘qituvchilardan ortiqcha hisobotlar talab qilinganligiga guvoh bo‘lamiz. Aslida ulardan dars va to‘garak mashg‘ulotlarini tashkil etish hamda sinf jurnalini yuritishdan tashqari boshqa pedagogik yuklamalar bo‘yicha hisobotlar va qo‘shimcha ma’lumotlarni talab qilish qat’iyan taqiqlangan.
Pedagog xodimlarining ish yuklamasini hisoblab chiqarishda o‘quv-tarbiya jarayoni hamda o‘quv-tarbiya jarayonining metodik ta’minoti va tashkiliy-pedagogik jarayonga oid ishlar hisobga olinadi.
O‘quv-tarbiya jarayoni deganda pedagog xodimlarga tarifikatsiya bo‘yicha ajratilgan dars soatlari tushuniladi. Uning sifatli bajarilishi ustidan umumiy o‘rta ta’lim muassasasi direktori va uning o‘quv-tarbiya ishlari bo‘yicha o‘rinbosari nazoratni amalga oshiradi.
O‘quv-tarbiya jarayonining metodik ta’minoti va tashkiliy-pedagogik jarayon ta’lim sifatini oshirish, o‘quvchilarning bilimlarini mustahkamlash, ma’naviyatini yuksaltirish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish bilan bog‘liq dars mashg‘ulotlaridan tashqari tadbirlarni o‘z ichiga oladi.
O‘quv-tarbiya jarayonining metodik ta’minoti va tashkiliy-pedagogik jarayonga oid belgilangan tadbirlarning amalga oshirilishi yuzasidan pedagog xodimlardan hisobot talab qilinmaydi hamda tadbirlarni amalga oshirishning vaqt bo‘yicha hisobi yuritilmaydi.
Asos: Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining pedagogik mutaxassisliklari bo‘yicha namunaviy yillik ish rejasini shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnoma. (20.08.2018. № 3058)
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar

20:13 / 27.10.2024
Maktablarda 4-noyabrdan kuzgi ta’til boshlanadi

17:35 / 22.10.2024
Vazir Hilola Umarova maktablardagi hujjatlar raqamlashtirilsa, qancha mablag‘ tejalishini aytdi

13:39 / 21.10.2024
“Dekret”dan erta qaytgan pedagoglarning malaka toifasi muddatini uzaytirish imkoni yaratildi

22:02 / 19.10.2024
Maktabgacha ta’lim sifatini baholash natijalari e’lon qilindi
Mavzuga doir yangiliklar

Vazir Hilola Umarova maktablardagi hujjatlar raqamlashtirilsa, qancha mablag‘ tejalishini aytdi
O‘quv-pedagogik hujjatlar to‘liq elektron shaklga o‘tkaziladi
17:35 / 22.10.2024

Inervyu
Qog‘oz jurnal afzalmi yoki Kundalik.com?
20:10 / 07.05.2023

Yangi o‘quv yilidan boshlab birorta hujjat maktablarda qog‘oz shaklida yuritilmaydi
Keraksiz bo‘lgan hujjatlardan voz kechiladi.
16:44 / 22.07.2024

1,5 stavkadan ortiq ishlagan o‘qituvchidan ortiqcha to‘langan pullar qaytarib olinadimi?
1,5 stavkadan ortiq ishlash mumkin emas.
10:30 / 13.06.2024
Izohingizni tahrirlang