Bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlarida dam oladigan bolalar qamrovi kengaytiriladi

22:00 / 30.05.2024
2.06k
“Bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlarida dam oladigan bolalar qamrovini kengaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident Qarori (PQ-199-son, 29.05.2024 y.) qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, tadbirkorlik sub’yektlari va xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarni jalb etgan holda belgilangan statsionar bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlari negizida quyidagi mexanizmlar orqali o‘zaro manfaatli hamkorlik loyihalari amalga oshiriladi:
- oromgohlar hududining bir qismida yangi binolarni qurish yoki mavjud binolarni ta’mirlash va jihozlash sharti bilan oromgohlar bino-inshootlari va yer uchastkalarining bir qismini 15 yilgacha muddatga hamkorlarga ijaraga berish;
- oromgohlar hududida yangi binolarni qurish yoki mavjud binolarni ta’mirlash va jihozlash sharti bilan oromgohlar bino-inshootlari va yer uchastkalarini yozgi mavsumdan tashqari paytda foydalanish uchun 10 yilgacha muddatga hamkorlarga ijaraga berish;
- oromgohlar hududida yangi binolarni qurish yoki mavjud binolarni ta’mirlash va jihozlash, shuningdek, yozgi mavsum paytida oromgohlar tashkil etish sharti bilan oromgohlar bino-inshootlari va yer uchastkalarini 10 yilgacha muddatga hamkorlarga ijaraga berish.
Bunda mazkur nazarda tutilgan hamkorlik loyihalari O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan ishlab chiqiladigan shartlar asosida hamkorlarga “E-auksion” elektron savdo platformasi orqali taklif etiladi.
Shuningdek, belgilangan oromgohlarning bino-inshootlari va yer uchastkalarini yozgi mavsumdan tashqari paytda hamkorlarga ijaraga berish orqali ularni o‘zini o‘zi moliyalashtirish tizimiga o‘tkaziladi.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar

20:13 / 27.10.2024
Maktablarda 4-noyabrdan kuzgi ta’til boshlanadi

17:35 / 22.10.2024
Vazir Hilola Umarova maktablardagi hujjatlar raqamlashtirilsa, qancha mablag‘ tejalishini aytdi

13:39 / 21.10.2024
“Dekret”dan erta qaytgan pedagoglarning malaka toifasi muddatini uzaytirish imkoni yaratildi

22:02 / 19.10.2024
Maktabgacha ta’lim sifatini baholash natijalari e’lon qilindi
Mavzuga doir yangiliklar
30 mingdan ortiq o‘quvchi “Barkamol avlod bolalari” festivalida qatnashdi
Festival respublika bo‘ylab yil davomida tashkil qilib kelinadi.
17:00 / 29.05.2024

Pedagog kadrlar va o‘quvchilar uchun dam olish maskanlari faoliyati tashkil etiladi
Bu haqda Prezident imzolagan qarorida nazarda tutilmoqda.
20:00 / 30.06.2024
Izohingizni tahrirlang