O‘tgan yilgi “So‘nggi qo‘ng‘iroq”da cho‘milishga borgan 3 nafar o‘quvchi cho‘kib ketgandi

13:00 / 24.05.2024
1.21k
Maktab bitiruvchilari orasida 25-may, “So‘nggi qo‘ng‘iroq” kunini noodatiy tarzda nishonlamoqchi bo‘lib, turli xil suv havzalariga borib cho‘milib kelish holatlari ham uchrab turishi hech kimga sir emas.
Masalan, o‘tgan o‘quv yilining so‘nggi kuni, 25-mayda 3 nafar maktab o‘quvchilari bilan ko‘ngilsiz hodisa ro‘y bergandi.
Shu kuni o‘quvchilar soat 14.00 larda Samarqand viloyatining Paxtachi tumanidagi “Zarafshon” daryosiga cho‘milish maqsadida borib, ehtiyotsizliklari oqibatida cho‘kib ketishadi.
FVB hamda IIB xodimlari tomonidan olib borilgan qidiruv ishlari natijasida 1 nafar bolaning murdasi o‘sha kuniyoq topiladi. Qolgan ikki nafarining murdasi esa ikki kundan so‘ng topilgan.
Bu borada ota-onalar ham hushyor emas. Cho‘milish mumkin bo‘lmagan joylarga bormaslik kerakligini bolalarga to‘g‘ri tushuntira olmaydi. Afsuski, bolalar esa yoshlik qilib mana shunday ishlarga qo‘l urib qo‘yishadi.
Bu yerda mahalliy hokimliklarning ham qisman aybi bor. Aslida hokimliklar favqulodda vaziyatlar organlari bilan hamkorlikda har yili 1-maydan 15-sentyabrgacha suvda baxtsiz hodisalar (odamlar o‘limi) tez-tez ro‘y berib turadigan joylarni aniqlashi kerak.
Mazkur hududlar bo‘yicha mahalliy aholi va dam oluvchilar o‘rtasida tushuntirish ishlari olib borish sharti bilan qirg‘oq bo‘ylab cho‘milishni taqiqlovchi belgilar o‘rnatishi shart.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar

20:13 / 27.10.2024
Maktablarda 4-noyabrdan kuzgi ta’til boshlanadi

17:35 / 22.10.2024
Vazir Hilola Umarova maktablardagi hujjatlar raqamlashtirilsa, qancha mablag‘ tejalishini aytdi

13:39 / 21.10.2024
“Dekret”dan erta qaytgan pedagoglarning malaka toifasi muddatini uzaytirish imkoni yaratildi

22:02 / 19.10.2024
Maktabgacha ta’lim sifatini baholash natijalari e’lon qilindi
Mavzuga doir yangiliklar

Maktab o'quvchisi ustiga futbol darvozasi tushib ketishi oqibatida vafot etdi
O'quvchi soat 21:00-22:00 lar atrofida sinfdoshlari bilan futbol o'ynagani borgan
17:36 / 02.10.2024

O‘quvchilarning poyezd ustida selfi tushishi qimmatga tushdi
O'quvchilardan birining tanasi 63 foiz kuygan
09:23 / 25.09.2024
Izohingizni tahrirlang